Ronaldu: "Rossiya, biz ketyapmiz!"

Omonjon To`xtamirzayev
12 okt 2017
Krishtianu Ronaldu Instagram tarmog'i orqali Portugaliya termasi Jahon Chempionatiga chiqqani borasida fikr qoldirdi.

Guruh bosqichi so'nggi turida Portugaliya peshqadam Shvecariyani mag'lub etdi va birinchi o'rinni egallab, to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'ldi.

Terma jamoa sardori Krishtianu Ronaldu xursandchiligini yashirib o'tirmadi va Instagram tarmog'ida jamoadoshlari va muxlislarga tashakkur bildirdi.

"Ajoyib jamoa! Qo'llab turganingiz uchun barchangizga rahmat. Rossiya, biz ketyapmiz!", - deb yozadi Ronaldu.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: