Ronaldu “Real” tarkibidagi 300-golini kiritdi

Narzulla Saydullayev
9 apr 2015
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha tunda Ispaniya chempionati doirasidagi “Rayo Valekano” (2:0) bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Bu gol portugaliyalik futbolchining “Real” libosida kiritgan yubiley 300-goli sifatida tarixga muhrlandi. Ronaldu bu natijasiga 288 ta uchrashuvda erishdi. 300 ta goldan tashqari, jamoadoshlarining gollariga 102 marotaba hammualliflik qilgan.


RONALDUNING BARCHA GOLLARI:

La Liga - 214
YCHL - 60
Kubok - 21
Superkubok - 3
Yevropa Superkubogi - 2

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com