Ronaldu qamoqda o'tirmaslik uchun 14,8 mln. evro to'lashga qaror qildi

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2017, 10:38
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jazodan qutilib qolish uchun Ispaniya soliq tashkilotiga 14,8 mln. evro to'lashga qaror qildi.

Portugaliya terma jamoasi futbolchisiga bu pulni to'lashni maslahat berishdi, chunki unga qamoq jazosi xavf solayotgan edi.

Ronalduning "Real"dagi kelajagi ayni damda noma'lum. U 14,7 mln. evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda.

Ronaldu 31 iyul kuni sudda "to'lanmagan soliq ishi" bo'yicha ko'rsatma beradi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cope