⚡️ Ronaldu PSJga qarshi bahsni sardor sifatida boshlaydi. Messi, Mbappe, Neymar keladi, Masharipov esa …

Eldor Akmurzayev
16 yanv 2023
19 yanvar kuni Ar-Riyodda “Al Nassr” hamda “Al Hilol” yulduzlaridan tarkib topgan qo'shma jamoa PSJga qarshi o'rtoqlik o'yini maydonga tushadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Krishtianu Ronalduning ushbu o'yin chiqarilgan futbolkadagi rasmi va sardorlik bog'ichini taqayotgan holatdagi videosi va rasmlari tarqaldi. Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, Ronalduning jamoadoshi Jaloliddin Masharipov ham PSJga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.

Fransiya klubi matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, Qirol Fahd nomidagi xalqaro stadiondagi o'yinga Lionel Messi, Kilian Mbappe, Neymar, Serxio Ramos va jamoaning boshqa yulduzlari ham tashrif buyuradi.

Bo'lajak uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da start olishi ko'zda tutilgan. PSJ bergan ma'lumotga ko'ra esa translyatsiya 21:15 dan boshlanadi.

Ma'lumot o'rnida, “Al Nassr” kiperi David Ospina “Ash Shabob”ga qarshi (0:0) bahsda jarohat olib, safdan chiqqan va u PSJ bilan o'ynamaydi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia