Ronaldu: "Peres mendan o'z manfaati yo'lida foydalanmoqchi bo'lgandi"

Mirjalol Normatov
29 okt 2018
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real" prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari haqida gapirdi.

"Prezident menga qilayotgan munosabatlarini o'zgartirganini sezdim. U bilan dastlabki 4-5 yildagi munosabatlarimiz ideal darajada edi. Ammo keyinchalik holat asta-sekinlik bilan o'zgardi. To'g'risini aytsam, u mening ketishim jamoaga hech qanday muammo keltirmasligini aytgandi. Peres mendan o'z manfaati yo'lida biznes-model sifatida foydalanmoqchi bo'lgandi. Biroq men buni istamadim", - dedi Ronaldu.

Portugaliyalik futbolchi 2009-2018 yillar davomida "Real" tarkibida 438 o'yinda qatnashib, 450 gol urdi va 131 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Mundo Deportivo