Ronaldu Turindan uy tanladi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2018, 16:40
"Real"dan "Yuventus"ga o'tgan hujumchi Krishitanu Ronaldu Turindan o'zi va oilasi uchun uy tanladi.

AS nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, kecha Ronaldu sevgan qizi Jorjina Rodriges bilan Turindagi uylarni ko'zdan kechirishdi. Portugaliyalik futbolchi Madriddagi uyini eslatuvchi, zamonaviy ko'rinishga ega villani tanladi.



Ma'lum bo'lishicha, "Yuventus" yulduzi bog', hovuz, trenajor zaliga ega bir emas, ikkita uy sotib olgan. Villa atrofi daraxtlar bilan o'ralgan va bu narsa futbolchi va uning oilasini begona ko'zlardan berkitib turadi. Villaga olib boruvchi ko'chaning boshida qo'riqchilar qorovullik qilishadi.

Ronaldu va uning oilasi yashaydigan "mahalla"da Ferrari kompaniyasi prezidenti Jon Elkann ham istiqomat qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS