

Navbahor va OKMK muxlislarini pley-offdagi g'alabalar bilan tabriklaymiz. Endi OCHL 2023/2024 mavsumi guruh bosqichida O'zbekistondan jami 4 jamoa ishtirok etadi. Ular O'zbekiston chempioni Paxtakor, Kubok sohibi Nasaf, vice chempion Navbahor va 4 chi o'rin sohibi Olmaliqning OKMK klublari. Bilasiz yangi mavsumdan OFK O'zbekiston uchun 2+2 ko'rinishida kvotalar ajratgandi. Unga ko'ra ichki chempionat g'olibi va Kubok sohibi to'g'ridan to'g'ri guruh bosqichida qatnashsa, qolgan ikki jamoa pley-offdan o'tishiga to'g'ri kelardi. Dastlab OKMK saralashning ilk raundida Omonning “Al Sib” klubini minimal hisobda mag'lub qildi, ikkinchi bosqichda esa Qatarning “Al Arabi” jamoasi xuddi shu taxlid tiz cho'ktirildi. Navbahor reytingi yuqoriroq bo'lganligi boiz to'g'ridan to'g'ri ikkinchi bosqichdan ishtirokini boshladi. Kuni kecha lochinlar Qatarning “Al Vakra” klubini dramatik tarzda o'tgan bahsda ekstra taymlarda urilgan yagona gol evaziga mag'lub qilishdi va guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Shu tariqa yangi mavsum OCHL guruh bosqichida yurtimizning 4 jamoasi ishtirok etadigan bo'ldi.
OFK reglamentiga ko'ra guruh bosqichida jami 40 jamoa ishtirok etadi. Ular ikki g'arbiy va sharqiy hududga bo'lingan holda tasniflanadi. Bilasiz, O'zbekiston G'arbiy mintaqada joylashgan va asosan arab jamoalari bilan bellashadi. Mintaqadagi 20 klub egallagan reytingiga ko'ra savatchalarga ajratiladi. Bir savatchadan joy olgan jamoalar shuningdek bitta mamlakat sharafini himoya qilayotgan klublar guruh bosqichida o'zaro to'qnash kelishmaydi. Superliga chempioni birinchi savatchadan joy olgan bo'lsa, Kubok sohibi Nasaf ikkinchi savatchadan o'rin egallagan. Saralashdan o'tgan OKMK va Navbahor so'nggi to'rtinchi savatchadan joy olishdi.
Jamoalarimizning guruh bosqichidagi ehtimoliy raqiblari.
Paxtakor

Nasaf

Navbahor

OKMK
Eslatib o'taman qur'a tashlash jarayoni ertaga 24 avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan OFK qarorgohida bo'lib o'tadi.
Jaloliddin Xalilov



