Ronaldu Naniga faoliyatini qayerda yakunlashi mumkinligini aytgan

Alisher
18 iyun 2020
Portugaliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi, hozirda "Orlando Siti"da o'ynayotgan Nani "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduni faoliyatinining yakunida AQSHda o'ynashi mumkinligini aytdi.

"Bir necha yil oldin Ronaldu menga faoliyatini AQSHda yakunlashi mumkinligini aytgandi. Bu 100% emas, ammo shunday ehtimol mavjud", - deydi Nani.

Krishtianu Ronalduga Devid Bekxemning "Inter Mayami" klubidan qiziq mavjud. Portugaliyalik futbolchining "Yuventus" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Nanining o'zi "Orlando"dagi ilk mavsumida 30ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN