Ronaldu MYUga qaytishi mumkin. Angliyaliklarda transferni to'lashga tayyor bo'lgan homiy bor

Alisher
8 dek 2020
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin.

Angliya klubi homiysi avtomobil koncerni bo'lgan Chevrolet forvardning transferini to'lashga tayyor.

Amerika avtomobil kompaniyasi Ronalduning "Yuventus" homiysi va Chevrolet'ning raqobatchisi bo'lgan Jeep'ga ijobiy ta’sir qilganini qayd etdi. "Yuventus" akciyalari ham portugaliyalikning Turin klubiga o'tganidan so'ng Milan fond birjasida 30%ga o'sdi.

Chevrolet 35 yoshli Ronalduning "Old Trafford"ga qaytishini yaxshi biznes-qadam deb hisoblaydi va bu transferga homiylik qilishga tayyor.


AlisherMuallif
Manba: Auto Esporte