Ronaldu MYUda oxirgi marta qachon gol urdi? Oxirgi assisti-chi?

Eldor Akmurzayev
5 sen 2022, 09:45
APL 6-turida “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Arsenal”ni 3:1 hisobida taslim etdi.

2-taym boshlarida Krishtianu Ronaldu zaxiradan o'yinga qo'shildi va bu safar ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'yolmadi.

37 yoshli portugaliyalik oxirgi marta “qizil iblislar” safida 2 may kuni “Brentford”ga (3:0) qarshi o'yinda gol urgandi. Hozirga kelib esa Ronalduning klub miqyosidagi golsiz seriyasi 7 o'yinga etdi.

Shuningdek, Ronaldu manchesterliklar safida anchadan beri golli pasni ham o'z hisobiga yozdirib qo'ya olmayapti. U so'nggi bora o'tgan yil oxirida “Byornli”ga (3:1) qarshi bahsda assistga erishgan va ayni kunga qadar 26 o'yin bo'lib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, u joriy mavsum faqat bir uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia