Ronaldu: "Messi? Men boshqa futbolchilar bilan kurashmaganman"

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2018, 17:45
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Barselona" forvardi Lionel Messi bilan kurash haqida fikr bildirdi.

"Messi? Men hech qachon boshqa futbolchilar bilan kurashmaganman - bu futboldagi tasavvurlarimga to'g'ri kelmaydi. "Yuventus" har bir o'yinda g'alaba qozonishga va barqarorlikka erishishga intiladi. "Napoli" va "Milan" futbolchilari o'z klubi sharafini himoya qilishadi, mavsum oxirida kim yaxshiroq ekanligini ko'ramiz" - deydi Ronaldu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: O Jogo