Ronaldu mashg'ulotlarga qaytdi, u Shvetsiyaga qarshi o'ynashi mumkin

Eldor Akmurzayev
6 sen 2020
Portugaliya termasi sardori Millatlar Ligasi doirasida Xorvatiya (4:1) bilan bahsni oyog'idagi barmog'ini ari chaqishi sabab o'tkazib yuborgandi.

35 yoshli futbolchi milliy jamoaning so'nggi mashg'ulotlarida ham qatnashmagandi.

“Qaytganimdan xursandman”, deb yozadi Ronaldu o'z sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Fernandu Santush shogirdlari 2-tur bellashuvini 8 sentyabr kuni Stokgolmda Shvetsiyaga qarshi o'tkazadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/cristiano