Ronaldu maoshining 90% qismi Saudiya Arabistoni byudjetidan ajratiladi - The Athletic

Sherzod Nurmatov
2 fev 2023
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu maoshining atigi 10 foizini to'g'ridan-to'g'ri klubdan oladi.

Bu haqda "The Athletic" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, forvard maoshining katta qismini Saudiya Arabistoni byudjetidan oladi. Avval xabar qilinganidek, Ronalduning "Al Nassr"dagi maoshi taxminan 217 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik "Al Nassr" safida Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi "Al Ittifoq" bilan uchrashuvda debyut qilgandi. Keyin Krishtianu jamoasining 1:0 hisobida g'alaba qozonishiga yordam berdi. "Al Nassr" "Al Ittihod"ga qarshi Saudiya Arabistoni Superkubogida 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Ikkala uchrashuvda ham Ronaldu samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic