

Ushbu qaror kengash yig'ilishida qabul qilingan. 38 yoshli portugaliyalik futbolchi ushbu mukofotga "Portugaliya poytaxti nomini hamisha himoya qilgani, dunyo bo'ylab nufuzini oshirishga xizmat qilgani va targ'ib qilgani" uchun loyiq deb topildi.
Ronaldu faoliyati davomida besh marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan, shuningdek, 2016 yilgi Yevropa chempionati va 2019 yilgi Millatlar ligasida chempion bo'lgan. Portugaliyalik futbolchi faoliyatini Lissabonning “Sporting” klubida boshlagan, shuningdek, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus”da o'ynagan.
Joriy mavsum Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida “Al Nassr” safida 12 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



