Ronaldu Levandovskiga eta olmadi

JCH-2018 saralash bahslari Yevropa mintaqasida Polsha terma jamoasi forvardi Robert Levandovski eng yaxshi to'purarga aylandi.

29 yoshli “Bavariya” hujumchisi 10 uchrashuvda maydonga tushib, 16 bor raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu turnirning Yevropa mintaqasida rekord natija hisoblanadi.

To'purarlar poygasida kuchli uchlikdan Ronaldu (9 o'yin, 15 gol) va Romelu Lukaku (8 o'yin, 11 gol) joy olishdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu futbolchilar to'p tepadigan barcha uch terma jamoa – Polsha, Portugaliya va Belgiya termasi JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurishdi.


Manba: sports.ru