

"Messi o'z jamoasiga iloji boricha ko'proq foyda keltirishga harakat qiladi, men ham shunday. Biz raqiblarmiz, chunki turli jamoalarda to'p tepamiz, ammo bir-birimizga hurmat bilan qaraymiz. Munosabatlarimiz yaxshi. Bizni ko'p solishtirishadi va bu odatiy hol. O'g'illarimizni ham solishtirishdi, kim yaxshiroq o'qiyotganini ham. Ammo solishtirish to'g'ri deb o'ylamayman. Krishtianu bu - Krishtianu, Messi esa - Messi. Biz ikkalamiz ham yaxshi futbolchimiz va bizning shaxsiy va jamoaviy sovrinlarimiz buni isbotlaydi. Menga solishtirishlar yoqmaydi va bu so'z men uchun mavjud emas. Biz o'z ishini bajaradigan ikki kishimiz" - deydi Ronaldu.



