Ronaldu kim(lar)ga havas qilgan?

Sherzod Nurmatov
3 mar 2025
"Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kumirlarini ajratib ko'rsatdi.

"Ronaldo va Ronaldinyo o'z ortlaridan meros va tarix qoldirgan. Aytishim mumkinki, men ulardan ko'ra ko'proq shaxsiy unvonlarni qo'lga kiritganman, lekin ular jahon chempioni bo'lgan. Ularning o'yinlarini ko'rib ulg'ayganman va ikkalasini ham kumirim deb aytgan bo'lardim. Qaysi biri kuchliroq ekanligi muhim emas. Asosiysi, ular futbol tarixiga hissa qo'shgan", – dedi Ronaldu.

40 yoshli Ronaldu faoliyati davomida 925 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GiveMeSport