Ronaldu: "Xuddi birinchi Evroim kabi motivaciyaga egaman, Portugaliya g'alabaga da'vogar"

Aziz Tukhtamuradov
11 iyun 2021, 09:39
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionati oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz barcha jamoalarni hurmat qilamiz. Oson o'yinlar bo'lmaydi. 

O'zimni xuddi birinchi marotaba Evroda qatnashayotgandek his qilmoqdaman. Xuddi 2004 yildagidek motivaciyaga egaman. O'shanda ilk marotada Yevropa chempionatida qatnashgandim. Hattoki undan ham kuchliroqman. 

Biz amaldagi chempionlarmiz va sovrin uchun da'vogarlar qatoriga kiramiz. Sovrin vada qilish va bashorat qilishdan foyda yo'q. Shuni vada qila olamanki, har bir o'yinda g'alaba uchun o'ynaymiz", - dedi Ronaldu. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: 360