Ronaldu "Hopper HQ" talqinida 2023 yilgi sport yulduzlari reytingida birinchi o'rinni egalladi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2023, 15:36
"Hopper HQ" tahliliy platformasi 2023 yilning jahon sporti yulduzlari reytingini tuzib chiqdi.

Birinchi o'rinni "Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu egallagan bo'lsa, ikkinchi pog'onani "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi band etdi, kuchli uchlikka hindistonlik kriketchi Virat Koxli yakun yasadi. Shuningdek, kuchli beshlikdan "Al Hilol" hujumchisi Neymar va NBA'ning "Los-Anjeles Leykers" jamoasi hujumchisi Lebron Jeyms joy oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Hopper HQ