Ronaldu Evro-2016 finalidagi jarohati haqida gapirdi

Оқил Абдубарноев
13 yanv 2023
Krishtianu Ronaldu Evro-2016 g'olibligi haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

Finalda Portugaliya terma jamoasi Fransiyani mag'lub etib, (1:0) o'z tarixida ilk bor Yevropa chempioni bo'lgandi. Ronaldu jarohati sabab uchrashuvni yakunlay olmagandi.

"O'yin boshlanganda juda baxtli edim va hayajonlanayotgandim. Keyin jarohat oldim va men uchun uchrashuv nihoyasiga etdi. Men yig'ladim.

Kiyinish xonasida juda asabiy edim - butun tizzam shishib ketgan edi. Bu aql bovar qilmas voqea edi”, - dedi “Al Nassr” hujumchisi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: LiveScore