Ronaldu eng yaxshi futbolchiga atalgan maxsus belgini nega libosiga qo'ymagani ma'lum bo'ldi
Eldor Akmurzayev
1 sen 2019
A Seriya o'tgan mavsumning eng yaxshi darvozaboni, himoyachisi, yarim himoyachisi, hujumchisi hamda futbolchisiga atab liboslarga biriktiriladigan maxsus belgilarni joriy etgandi.
Yuventus forvardi yakunlangan mavsumda chempionatning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan. Biroq, Ronaldu maxsus belgidan voz kechgani ma'lum bo'ldi. Bunga sabab esa 34 yoshli hujumchi o'zini jamoadoshlaridan ustun qo'yishni istamagan.