Ronaldu cunamidan tirik qolgan bolakayga avtografli futbolkasini sovg'a qildi
Aziz Tukhtamuradov
28 dek 2014
Realning portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu 10 yil avval Janubi-Sharqiy Osiyodagi cunami natijasida yaqinlaridan ayrilib, hayotga qaytgan bolakayga imzosi qo'yilgan libosni sovg'a qildi.
"Martunis bilan 10 yil avval tanishganman. U ayni paytda 18 yoshda. O'shanda uni jurnalstlar sohildan topib olishgan edi", - deb yozadi futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.