Ronaldu bilan jahon chempionatidan avval shov-shuvli intervyu muallifi Pirs Morgan “Yil intervyusi” sovriniga ega chiqdi

Alisher
28 iyun 2023, 08:10
Jurnalist Pirs Morgan yilning eng yaxshi intervyusi uchun TRIS tomonidan (Britaniya televidenie va radio sanoati klubi) g'olibi bo'ldi.

Morgan mukofotni “Al Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bo'lgan suhbat uchun taqdirlandi.

“Krishtianu Ronaldu bilan shov-shuvli hamkorligimiz uchun TRIS tomonidan “Yil intervyusi” deb topilganimizdan xursandman. Men ajoyib jamoamga va yana bir bor Krishtianuga rahmat aytaman”, - deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqlardan birida.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli portugaliyalik futbolchi o'z intervyusida “Yunayted” rahbariyati va infratuzilmasini, sobiq va amaldagi bosh murabbiylar Ralf Rangnik  va Erik ten Xagni tanqid qilgan, shuningdek, “Manchester Siti”ga amalga oshmay qolgan transfer haqida gapirgan edi. Ushbu intervyudan so'ng Ronaldu “Manchester Yunayted” bilan hamkorlikni tugatgandi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia