Ronaldu “Al Nassr”ning Saudiya Arabistoni kubogining chorak finaliga chiqqaniga munosabat bildirdi

Nozimov Nig'monxo'ja
1 noya 2023, 09:42
“Al Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Qirol kubogi doirasida “Al Ittifoq” bilan o'yinda jamoasining g'alabasiga munosabat bildirdi.

“Ajoyib jamoaviy ruh! Muxlislarimizning aql bovar qilmas qo'llab-quvvatlashi oxirigacha kurashishimizga yordam berdi”, - deb yozib qoldirdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlaridan birida.

“Al Nassr” Qirol kubogining nimchorak finalida Manening qo'shimcha bo'limlarda kiritgan yagona goli evaziga “Al Ittifoq”ni mag'lub etdi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com