Ronaldu A Seriyada jarima zarbalarni ijro etish bo'yicha eng yomon ikkinchi natijani qayd etmoqda

26 sen 2019, 21:08
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatida jarima zarbalarini ko'ngildagidek ijro eta olmayapti.

Bu haqda l'Ultimo Uomo nashri xabar berdi. Manbaning hisob-kitobiga ko'ra, portugaliyalik hujumchi 18 marta raqib darvozalariga jarima to'pini tepgan. Ularning hech biri muvaffaqiyatli yakunlanmagan. Krishtianudan ham yomon natijani Kamillo Chiano ("Frozinone") qayd etgan - 21 ta zarba, gol yo'q.


Manba: ultimouomo.com