Ronaldu 800 lik marrani zabt etgani haqida fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2021
Krishtianu Ronaldu "Arsenal"ga qarshi o'yinda o'zining 800 va 801-gollarini kiritdi. Shu munosabat bilan "Manchester Yunayted" yulduzi bu haqda fikr bildirdi.

"800 dan ortiq gol urgan birinchi futbolchi ekanligimdan xursandman. Qanday ajoyib va unutilmas poyga. 801 gol - bu oxirgi chegara emas!" - dedi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, 2021/2022 yilgi mavsumda Krishtianu Ronaldu Angliya Premer-ligasining 11 uchrashuvida 6 ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/cristiano