Ronaldinyo: "Messi ketganidan so'ng "Barselona" 10-raqamni olib qo'yishi kerak"

Aslanov Jasurbek
4 sen 2018
Braziliya terma jamoasi va "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Ronaldinyoning fikricha, Lionel Messi faoliyatini yakunlaganidan so'ng hech kim 10-raqamni olishga munosib emas.

"Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin "Barselona" 10-raqamni olib qo'yishi kerak. Messi - klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi. U hech kim qila olmagan ishlarni bajargan" - deydi Ronaldinyo.

Argentinalik ushbu raqamni Ronaldinyo "Milan"ga ketganidan so'ng olgan edi. "Barselona"da bu raqamda Rivaldo, Romario va Xosep Gvardiola o'ynagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun