Ronaldinyo: "Do'stim Ronalduni tabriklayman"

Aslanov Jasurbek
13 dek 2016
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Ronaldinyo "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni navbatdagi "Oltin to'p" bilan "Instagram" orqali tabrikladi.

"Do'stim Ronalduni tabriklayman. U "Oltin to'p"ga eng munosibi edi. "Real"dagi katta g'alabalar va milliy jamoa bilan muvaffaqiyatga erishish ushbu sovrin uchun yo'l bo'ldi. Shu ruhda davom etdi, jahon futboliga munosib namunalar kerak" - deydi Ronaldinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com