Romero: "De Xea shartnomasini uzaytirganidan so'ng zaxira o'rindig'iga o'tirishimni sezgandim"

Aziz Tukhtamuradov
7 okt 2015
MYU darvozaboni Serxio Romero De Xea "Real"ga o'tmaganidan so'ng o'zining zaxira o'rindig'iga qaytishini sezgan.

"Murabbiy menga o'ynash imkoniyatini berganida o'zimga bildirilgan ishonchni oqlay oldim deb o'ylayman. Lekin, De Xea shartnomani uzaytirganidan so'ng mening zaxira o'rindig'iga qaytishim ma'lum bo'lgandi. De Xea asosiy tarkibda o'ynashga loyiq ekanligini ko'p yillar davomida isbotlagan. Men murabbiyni tushunaman", - deydi argentinalik posbon.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru