Romanoli tez orada "Milan" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Alisher
31 dek 2021
"Milan" himoyachisi Alessio Romanoli tez orada italyan klubida qolishi mumkin.

Tomonlar hali yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishmadi, ammo "Milan" himoyachi Simon Kerning jarohati sabab italiyalikni saqlab qolmoqchi.

Milanliklar futbolchiga 3,5 million evro to'lashga tayyor. Hozirda u 5 mln evro oladi.

Romanoli 2021/22 yilgi mavsum "Milan" tarkibida barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato