

PSJ va "Napoli" Xvicha Kvaratsxeliya transferini rasman hal qilishdi. Ikki klub prezidentlari bugun kerakli bo'lgan barcha hujjatlarni imzolashdi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano ma'lum qildi. Tibbiy ko'rik shu haftaning o'zida o'tkaziladi.
Kvarecxeliya transferi PSJga 70 mln evroga tushmoqda. Kelishuvda bonuslar ham ko'zda tutilgan. Xvicha va Parij klubi besh yillik shartnoma imzolashadi. Xvicha PSJda yiliga tahminan 9 mln evro maosh oladi.



