"Roma"ning yosh futbolchisi safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
6 mar 2022
"Roma" xavbeki Nikola Zalevski A Seriya 28-turi doirasida "Atalanta"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

20 yoshli polshalik futbolchi ikkinchi bo'limda jarohat oldi va 62-daqiqada uning o'rniga Matias Vinya maydonga tushdi. Yaqin vaqtlar ichida u chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan keyin u borasidagi ma'lumot oshkor qilinadi.

Ushbu mavsumda Zalevski A Seriyaning 6 o'yinida ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal