"Roma" Veynaldumni PSJdan 10 mln evroga xarid qilish majburiyati bilan ijaraga oladi

Alisher
29 iyul 2022
"Roma" PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumni ijaraga oladi.

Kelishuvda 10 million evrolik majburiy xarid qilish huquqi yoziladi.

Klublar muhokama qiladigan yagona savol 31 yoshli niderlandiyalikning 7 million evrolik maoshidir. "Roma" PSJ 50 foiz narxni to'lashiga umid qilmoqda.

Veynaldum o'tgan mavsum PSJ tarkibida 38ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia