"Roma" "Portu" xavbeki Oliveyrani ijaraga oldi. Klub portugaliyalikni 13,5 mln evroga xarid qilishi mumkin

Alisher
13 yanv 2022, 10:38
"Roma" yarim himoyachi Serjiu Oliveyrani "Portu"dan ijara asosida o'z safiga jalb qilganini e'lon qildi.

Bitimda to'laqonli transfer imkoniyati ham bor. 

Oldinroq xabar berilganidek, Italiya klubi 29 yoshli o'yinchini 13,5 mln evroga xarid qilishi mumkin.

Oliveyra joriy mavsum Portugaliya chempionati doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: asroma.com