

“Sassuolo” yarimhimoyachisi Davide Frattezi Rim klubi futbolchisi uchun ehtimoliy o'rinbosar sifatida ko'rib chiqilmoqda. 23 yoshli Zanoloning Rim klubidagi taqdiri so'roq ostida bo'lgani uchun “Roma” transfer bozoridagi imkoniyatlarni o'rganib chiqmoqda. 23 yoshli Italiya terma jamoasi a'zosi Fratteziga ustuvor maqsadlardan biri, deb qaralmoqda. Biroq uni qo'lga kiritish uchun kamida 30 mln evro miqdoridagi mablag' talab qilinadi.
Davide Frattezi ushbu mavsumda Italiya A Seriyasida 18 ta va Italiya kubogida 1 ta o'yinda maydonga tushib, jami 4 ta golga mualliflik qildi.



