

Manbaga ko'ra, futbolchining vakillari uning xizmatlarini Rim klubiga taklif qilishgan. Serbiyalik o'yinchi erkin agent sanaladi, shuning uchun u yangi klubga tekinga o'tishi mumkin.
30 yoshli Maksimovich bungacha "Sloboda", "Crvena Zvezda", "Torino", "Napoli", "Spartak" va "Jenoa" klublarida to'p tepgan. Serbiya terma jamoasi safida 25 ta o'yin o'tkazgan.



