"Roma" "Lion" hujumkor yarim himoyachisi bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi francuz klubini tekinga tark etdi

Administrator
11 iyun 2023
Ussem Auar endi "Roma" sharafini himoya qiladi.

"Roma" klubi o'tgan mavsumni "Lion" safida o'tkazgan Ussem Auar bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. 24 yoshli futbolchi 2028 yilga qadar rimliklar bilan kelishuvga erishdi. Auar "Lion"ni erkin agent sifatida tark etdi. 

Ma'lumot uchun, Ussem Auar yakunlangan mavsumda Fransiya chempionatida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritishga erishdi.


AdministratorMuallif
Manba: asroma.com