“Roma” Jekoni “Chelsi” forvardi bilan almashmoqchi

Eldor Akmurzayev
27 yanv 2021
Rimliklar hujumchisi Edin Jeko murabbiy Paulu Fonseka bilan tortishib qolgan.

Shu tufayli, “Roma” Jekoni “Chelsi” a'zosi Olive Jiru bilan almashishni rejalashtirmoqda.

Corriere dello Sport manbasiga ko'ra, Tomas Tuxelning “Chelsi”ga kelgani Jiruning o'yin amaliyotini kamaytirishi mumkin. U Fransiya TJ safida bo'lajak Yevropa chempionatida qatnashishni maqsad qilgan.

Avvalroq, Edin Jeko “Vest Xem” o'tishni istamagani haqida xabar berilgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport