"Roma" hujumchisi "Vest Xem"ga o'tishi mumkin

Alisher
11 iyul 2022
"Roma" hujumchisi Jastin Klyuyvert jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Vest Xem" "Vilyarreal"dan Aron Gruneveldning transferini hal eta olmagach, o'z e'tiborini 23 yoshli niderlandiyalikka qaratdi.

Klyuyvert o'tgan mavsumni ijara asosida "Nicca"da o'tkazdi. U barcha musobaqalarda 31ta o'yinda 6ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Futbolchining "Roma" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport