

Manbaga ko'ra, “Roma” forvardi Feliks Afena-Gyan jamoani tez orada tark etadi va “Kremoneze” a'zosiga aylanadi.
Transfer 7 mln evroga amalga oshishi kutilmoqda. Muzokaralar yakuniy bosqichda turibdi. Bitimga futbolchini qayta sotib olish bandi kiritilmaydi.
Italiya OAV xabariga ko'ra, 19 yoshli Afena-Gyanning ketishi, “Roma”ga Andrea Belottini olib kelish uchun imkon beradi. Ganalik jamoada ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'la olmasligini tushunmoqda.
Feliks o'tgan mavsum asosiy jamoada 22 bahsda qatnashib, 2 ta gol urdi.



