"Roma" futbolchilariga Dreyk bilan suratga tushish taqiqlandi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2019
Hammaga ma'lumki Dreyk - jahon futbolining mashhur glor muxlisi.

Kecha, 15 aprel kuni "Dreyk lanati" haqida xabar ham e'lon qilindi: Reper bilan suratga tushgan futbolchining jamoasi bir necha kun o'tib mag'lubiyatga uchramoqda.

Masalan, o'tgan haftada PSJ himoyachisi Leyvin Kurzava reper bilan tushgan suratini "Instagram"ga joyladi va Parij klubi "Lill"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

Bundan avval boshqa klublar ham "Dreyk lanati"dan aziyat chekkan edi.

"Roma" o'z futbolchilarini ogohlantirishga qaror qildi.

"Joriy mavsum oxirigacha "Roma"ning barcha futbolchilariga Dreyk bilan suratga tushish taqiqlandi" - deyiladi klub "tvitteri"da.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/ASRomaEN