Rodrigoni xarid qila olmagan "Real" e'tiborini boshqa hujumchiga qaratdi

Aslanov Jasurbek
23 avg 2018
"Real" yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar hujum chizig'ini kuchaytirib olmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" "Valensiya"dan Rodrigo Morenoni xarid qila olmaganidan so'ng, e'tiborini "Selta" forvardi Yago Aspasga qaratishdi. "Qirollik klubi" bosh murabbiyi ushbu transfer amalga oshishini istaydi.

O'tgan mavsum Aspas LaLiganing 34ta uchrashuvida maydonga tushib, 22ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Superdeporte