"Selta" va 34 yoshli Aspas shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirishdi. U klub tarixidagi eng yaxshi to'purar

Alisher
26 iyul 2022, 11:24
"Selta" forvard Yago Aspas bilan yangi kelishuv imzolanganini e'lon qildi.

Galisiyaliklar 34 yoshli ispan bilan shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirishdi.

Aspas o'tgan mavsum 37ta o'yinda 18ta gol urgan holda "Selta"ning La Ligadagi eng yaxshi to'purariga aylandi.

U klub safida umumiy 418ta o'yinda maydonga tushib, 184ta gol ("Selta" tarixidagi eng yaxshi natija) va 63ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: rccelta.es