

Turnirning hal qiluvchi bahsida "qizil furiya" 2:1 hisobida mag'lub etdi.
"Biz tarixga kirdik, bir turnirda to'rtta jahon chempionini mag'lub etdik. Bu jamoaning mentaliteti... ko'pchiligimiz yoshlar o'rtasida Yevropa chempioni bo'lganmiz, bugun esa ko'hna dunyoning eng nufuzli turniri g'olibiga aylandik.
Murabbiyimiz kubokni qo'lga kiritgani uchun etirofga loyiq! Bu Ispaniya! Odamlardan faxr tuyg'usini ko'rsatishlari uchun ko'chaga chiqishlarini so'rayman! Ispaniyalik futbolchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish vaqti keldi", – dedi Rodri.
"Oltin to'p"ni ispaniyaliklardan so'nggi bor Luis Suares 1960 yilda qo'lga kiritgan.



