Rodri: "Benzema faoliyatini eng yaxshi davrida"

Mirjalol Normatov
26 apr 2022
"Manchester Siti" forvardi Rodri YCHL yarim finali doirasida "Real"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Benzema faoliyatining eng yaxshi davrini o'tkazmoqda. Unga qarshi ko'p o'ynaganman va doimo uning o'yinni o'qishini, vaziyatlarni oldindan his qilishini ko'rganman. U ushbu mavsumda muhim gollarni urmoqda. Uning o'yinlarini ko'rsangiz, jamoasida to'p bo'lib turgan vaqtida o'ziga qulay bo'lgan istalgan ishni qilmoqda. Anchelotti uni ideal hujumchiga aylantirdi. Uning o'yinlarini kuzatyapmiz", - dedi Rodri.

"Manchester Siti" va "Real" jamoalari ishtirokidagi dastlabki o'yin 26 aprel tunida bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal