Robin van Persi: “Manchester Yunayted” juda yomon o'ynayapti”

“Manchester Yunayted” hujumchisi Robin van Persi jamoasining ushbu mavsumdagi o'yinlari xususida to'xtalib o'tdi.

“Biz juda yomon o'ynayapmiz va shuning uchun chempionatda favoritlardan ortda qolayapmiz. Barcha kuboklardan chiqib ketdik, bundan tashqari Chempionlar ligasidagi vaziyat ham yaxshi emas. Bu mavsum biz uchun qiyin bo'ldi.

Bazan yaxshi o'ynashga harakat qilamiz, ammo o'z o'yinimizni topa olmay mag'lubiyatga uchraymiz. Bu xuddi bahonadek tuyulsada, lekin omad ham bizdan yuz o'giryapti.

Biz yuqori tempda va kuchli o'yin ko'rsatishga qodirmiz, biroq negadir Gretsiyada shunday o'ynay olmadik. “Olimpiakos” o'z o'yinini ko'rsata oldi, biz esa yo'q. Ularning birinchi golini omad desak, ikkinchi golining chiroy chiqqanini tan olmay ilojimiz yo'q.

Qiyin bo'lsada, ammo “Manchester Yunayted” o'z maydonida raqibini 2:0 yoki 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishga qodir, - van Persining so'zlarini keltiradi Sky Sports.


Manba: sports.ru