

"Afsuski, mavsum biz istagandek o'tmayapti. Ammo holatni to'g'rilash uchun bizda vaqt etarlicha. Turnir jadvalining yuqori qismida bo'lishimiz kerak. Buning uchun esa Rodjestvoga qadar bo'lgan o'yinimizni ko'rsatishimiz lozim. Mavsum siz kutgandek yomon yakunlanmasligi uchun harakat qilyapmiz.
Biz bir yo'la bir necha turnirlarda qatnashishga o'rganganmiz. APLda yuqori o'rinlar uchun kurashyapmiz. Ushbu mavsumda bizga barqarorlik yetishmayapti. Agarda 5, 6, 7 o'yinda g'alabaga erisha olmasak, kuchli to'rtlikni orzu ham qilmay qo'yaveramiz", - dedi Robertson.



