

“Virjil - dunyoning eng yaxshi himoyachisi. Uning yonimda to'p tepayotganligidan xursandman. U bilan maydonda va undan tashqarida ham yaxshi hamkorligimiz bor. Har doim bir-birimizga yordam beramiz. Bu ulkan yigit qilayotgan har bir ishida ajoyib ko'rinmoqda. U maydonda va undan tashqarida ham o'zini ajoyib his qilmoqda. U ko'pchilik uchun namuna, shu jumladan, men uchun ham. Fantastik yetakchi, yaxshi yigit. U bilan himoyada o'ynashni yaxshi ko'raman. Virjil “Liverpul”ni yangi darajaga olib chiqdi”, - deydi Endryu Robertson.



