Roberto Martines: "Tottenxem"ning birgina golli vaziyatini o'tkazib yubordik"

Tolibjon Qosimov
10 fev 2014
"Everton"ning ispaniyalik bosh murabbiyi Roberto Martines "Tottenxem"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin intervyu berib, raqib jamoa o'zining yagona imkoniyatidan unumli foydalanganini ta'kidladi.
"Futbolda g'alaba qozonish uchun xatolarga iloji boricha kamroq yo'l qo'yish kerak. Maydon markazida qoida buzilishi darvozamiz ishg'ol qilinishiga sabab bo'ldi. Aslida bunaqa vaziyatlar odatda gol bilan tugamaydi. Butun o'yin davomida shogirdlarim yaxshi himoyalanishdi. Biroq mezbon jamoa yagona vaziyatidan unumli foydalandi va biz "Tottenxem"ga mag'lub bo'ldik", deya murabbiy so'zlaridan liverpulliklar rasmiy sayti iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net