Roberto Karlos: “Eto’O faqat o'zini o'ylaydi, jamoani emas”

Narzulla Saydullayev
12 sen 2013
“Anji” klubining sobiq vice-prezidenti Roberto Karlos, “Chelsi” klubi hujumchisi Samyuel Eto’Oning xatti-harakatlari borasida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

“Men Samuelni 16 yoshidan beri yaxshi bilaman va unga har doim yaxshi munosabatda bo'lganman. Biroq u har doim o'zi haqida o'ylaydi jamoa haqida emas. Bu jamoaga zarar keltirishi mumkin.

Futbolchi yaxshi o'ynash o'rniga, jamoaga do'st tutunish mumkin bo'lgan futbolchilarni chaqirishi, g'alati holat. Eto’O “Anji”da futboldan tashqari xohlagan narsa bilan shug'ullanar edi.

Uning maoshi (Maxachqalada Eto’O haftasiga 300 ming evro olgan) kiyim almashtirish xonasida shov-shuvga aylanib ketar edi. Bazi o'yinchilarga - nega bu futbolchi sotib olinganligi haqida alohida tushuntirilar edi”, - deydi Roberto Karlos.

Eslatib o'tamiz, VVS bergan xabarga ko'ra Eto’O “Chelsi”ga erkin agent sifatida o'tgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru